Mehmonxona, hostel va mehmon uylari uchun dastur

Qaysi xona bo'sh, kim keladi, kassada qancha pul bor — hammasini bir qarashda ko'ring.

Bronlar, xonalar, to'lovlar va o'z bron saytingiz — bitta dasturda. Daftar va Excel'da yo'qolib qolgan bron, bitta xonaga ikki mehmon tushishi endi bo'lmaydi.

Bank kartasi talab qilinmaydi5 daqiqada ishga tushadi
Get it from MicrosoftGet it from Microsoft
Uzcard HUMO Visa Mastercard Booking.com Agoda Expedia Trip.com e-Mehmon Telegram

Bu holatlar sizga tanishmi?

Bronlar daftarda.

Bir sahifa yo'qolsa yoki xato yozilsa — bitta xonaga ikki mehmon keladi.

Mehmon kechasi yozdi — javob yo'q.

Ertalab qarasangiz, u boshqa joyni band qilib bo'lgan.

Oy oxirida hisob to'g'ri kelmaydi.

Kassada qancha pul bo'lishi kerakligini hech kim aniq bilmaydi.

Har bir mehmonning pasportini e-Mehmon'ga qaytadan yozasiz.

Har kuni, qo'lda.

Ospitus aynan shu ishlarni sizning o'rningizga tartibga soladi.

Bronlar jadvali

Barcha bronlar bitta jadvalda — daftar endi kerak emas

Har bir xona va har bir kun bitta ekranda ko'rinadi. Bo'sh katakni bosing, mehmon ismi va sanani yozing — bron tayyor. Tizim bitta xonani bir kunga ikki marta sotishga yo'l qo'ymaydi.

  • Bugun kim keladi, kim ketadi — ertalab birinchi ko'rinadigan narsa
  • Chiqish vaqti o'tgan mehmon haqida ogohlantirish, bir tugma bilan "+1 kun"
  • Qaysi xona tozalangan, qaysi biri navbatda — tozalovchi o'zi belgilaydi
  • Mehmonlar bazasi: pasport, hamrohlar, oldingi tashriflar
Mehmonxona sayti — bepul

O'z saytingizdan bron oling — komissiyasiz

Ro'yxatdan o'tgan kuningiz mehmonxonangiz o'z saytiga ega bo'ladi. Mehmon sanani tanlaydi, narxni ko'radi va bron so'rovini yuboradi — so'rov darhol panelingizga tushadi. Har bir brondan Booking.com'ga 15–20% komissiya to'lash shart emas.

  • Telefonda qulay, 2 xil zamonaviy dizayn
  • Narx avtomatik hisoblanadi
  • Sayt tarifga kiradi, alohida pul to'lamaysiz
AI resepshn · 24/7

Siz uxlayotganingizda ham mehmonlarga kimdir javob beradi

Mehmon saytingizda "Juma kuniga 2 kishilik xona bormi?" deb yozsa, AI resepshn darhol javob beradi: qaysi xona bo'shligini, narxini va nonushta bor-yo'qligini aytadi, keyin bron so'rovini qabul qiladi. O'zbek, rus va ingliz tilida, kechasi ham.

Siz ertalab tayyor bron so'rovini ko'rasiz — javobsiz qolgan mehmon emas.

O'zbekiston uchun

Chet el dasturlari qilmaydigan ikki ish

e-Mehmon bir tugmada

Mehmon ma'lumotlari bron paytida bir marta kiritiladi va bir tugma bilan e-Mehmon'ga yuboriladi — asosiy mehmon ham, hamrohlar ham. Pasportni boshqa saytda qayta yozish shart emas.

Shikoyat sizga keladi — Google'ga emas

Har bir xonaga QR-kod qo'yasiz. Norozi mehmon uni skanerlab yozadi, xabar darhol panelingizga tushadi. Muammoni Booking.com'da yomon sharh paydo bo'lishidan oldin hal qilasiz.

Moliya

Oy oxirida qancha foyda qolganini aniq biling

Har bir to'lov, har bir xarajat va har bir smena tizimda yoziladi.

  • Kassa smenasi: xodim smenani yopayotganda kassadagi pulni sanab kiritadi. Kamomad bo'lsa, siz darhol bilasiz.
  • Xarajatlar: ish haqi, ijara, kommunal — oyma-oy. Takrorlanadiganlari o'zi yoziladi.
  • Hisobot: daromad, xarajat, foyda, bandlik foizi — grafikda.
  • Qo'shimcha xizmatlar: nonushta, transfer, mini-bar mehmon hisobiga qo'shiladi.
Jamoa

Har bir xodim faqat o'ziga keraklisini ko'radi

Resepshn bronlar bilan ishlaydi, tozalovchi xonalarni ko'radi, xarajatlar va hisobotlarni esa faqat siz ko'rasiz. Xodimlar soni cheklanmagan.

Channel manager

Booking.com'da bron tushdimi? Xona boshqa saytlarda o'zi yopiladi.

Booking.com, Agoda, Expedia va Trip.com'dan kelgan bronlar Ospitus jadvaliga o'zi tushadi va xona boshqa saytlarda avtomatik yopiladi. Qo'lda ko'chirish ham, ikki marta sotish ham yo'q.

  1. 1Booking.com'da bron tushadi
  2. 2Ospitus jadvaliga o'zi yoziladi
  3. 3Xona Agoda, Expedia va Trip.com'da yopiladi
Ospitus + channel manager
1–30 xona$35/oy
31+ xona$55/oy

Ulashni o'zimiz sozlab beramiz: Booking.com va boshqa saytlardagi hisobingizni Ospitus bilan bog'laymiz.

Mehmonxonangiz qanday bo'lishidan qat'i nazar

Mehmon uyi, 5–15 xona

Hammasini o'zingiz boshqarasizmi? Bronlar, to'lovlar va bo'sh xonalar telefoningizda.

Mehmonxona, 15–100 xona

Resepshn smenalarda ishlaydimi? Kassa smenasi va rollar pulingiz qayerga ketayotganini ko'rsatadi.

Hostel

Mehmonlar tez almashadimi? Qaysi xona bo'sh, qaysi biri tozalanishi kerak — darhol ko'rinadi.

Bugun ro'yxatdan o'ting — ertaga ishlayapsiz

  1. 1
    2 daqiqa

    Ro'yxatdan o'ting

    Mehmonxona nomi va telefon raqami yetarli.

  2. 2
    1 kun

    Xonalar va narxlarni kiriting

    Eski bronlaringizni daftar yoki Excel'dan biz bepul ko'chirib beramiz.

  3. 3
    14 kun bepul

    Ishni boshlang

    Birinchi bron, birinchi smena, birinchi hisobot. 14 kun davomida hech narsa to'lamaysiz.

Ma'lumotlaringiz faqat sizniki

Alohida baza.

Har bir mehmonxona ma'lumoti boshqalarnikidan alohida saqlanadi.

Har kuni zaxira.

Oxirgi 14 kunlik nusxa doim saqlanadi.

Rollar bo'yicha kirish.

Kim nimani ko'rishini o'zingiz belgilaysiz.

Jonli yordam.

Telegram orqali o'zbek va rus tilida yozasiz — mahsulotni qurgan jamoa javob beradi.

Bitta narx. Xonalar soni cheklanmagan.

Tarifga kiradi

  • Bronlar jadvali
  • O'z bron saytingiz
  • AI resepshn
  • e-Mehmon
  • QR shikoyatlar
  • Kassa va xarajatlar
  • Hisobotlar
  • Cheklanmagan xodim
  • Eski bronlarni bepul ko'chirish

Qo'shimcha: channel manager — oyiga $35 dan (xonalar soniga qarab).

Uzcard HUMO Visa Mastercard

Savol-javob

Kompyuter bilmasam ham ishlata olamanmi?
Ha. Telefonda Telegram ishlatsangiz, Ospitus'ni ham ishlata olasiz. Birinchi kuni sozlashda yordam beramiz.
Biror narsa o'rnatish kerakmi?
Yo'q. Kompyuter, planshet yoki telefonda brauzer orqali ishlaydi. Xohlasangiz Windows ilovasi ham bor.
Eski bronlarim daftar yoki Excel'da. Nima qilaman?
Bizga yuboring — bepul ko'chirib beramiz. Ko'pchilik mehmonxonalar bir kunda tayyor bo'ladi.
Internet uzilsa nima bo'ladi?
Ma'lumotlar bulutda saqlanadi va yo'qolmaydi. Internet qaytgach, ish davom etadi. Shoshilinch holatda telefon internetidan kirish mumkin.
14 kundan keyin nima bo'ladi?
Davom etmoqchi bo'lsangiz, oyiga $20 yoki yiliga $200 to'laysiz. Istamasangiz, hech narsa to'lamaysiz — karta so'ralmagan.
Qanday to'layman?
Ospitus hisobingizdagi invoys orqali: Uzcard, HUMO, Visa yoki Mastercard.
Ma'lumotlarim xavfsizmi?
Har bir mehmonxona alohida bazada, shifrlangan ulanish orqali ishlaydi va har kuni zaxiralanadi.
Booking.com bilan ishlaydimi?
Ha. Channel manager orqali Booking.com, Agoda, Expedia va Trip.com'dan kelgan bronlar jadvalingizga o'zi tushadi. Ulashni biz sozlab beramiz.

Mehmonxonangizni bugun tartibga soling

14 kun bepul. Karta kerak emas. Eski bronlaringizni biz ko'chirib beramiz.

Qo'ng'iroq qilaylikmi?

1 ish kuni ichida qo'ng'iroq qilamiz.

Rahmat! 1 ish kuni ichida qo'ng'iroq qilamiz.
◆
Ospitus AI
Ask me anything about Ospitus